Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xotin-qizlar jamoatchilik kengashinining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda gender tengligiga doir huquqiy hujjatlarning mohiyati hamda ayollarning mamlakatimizda kechayotgan islohotlardagi ishtirokini kuchaytirish, shuningdek, xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga oid masalalar koʻrib chiqildi.
Yigʻilish davomida Jizzax viloyati IIB xotin-qizlar jamoatchilik kengashi hamda “Mahalla va oila” ilmiy tadqiqot instituti oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumi haqida maʼlumot berildi. Shu kuni Jizzax viloyati ichki ishlar organlarida faoliyat koʻrsatayotgan xotin-qizlar “Donor qoni hayot baxsh etadi” shiori ostida oʻtkazilgan aksiyada ham qatnashdilar.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
