Buxoro viloyati IIB JXX HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼul inspektorlari tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlari mahallalari boʻylab “xonadonbay” tizimi asosida aholi orasida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.
Jumladan, hududlarda hokimliklar, Oila va xotin-qizlar boʻlimlari va tuman prokuraturasi hamkorligida tadbirlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari, tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshliqlari, Adliya va FHDYO rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning inspektor hamda yetakchi psixologlari hamda imom-xatiblar va masʼul tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.
D.KOMILOVA,
Buxoro viloyati.
