Urganch davlat universitetida talabalar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tadbirda Urganch tumani IIB JXX HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, podpolkovnik Sh.Botirova ishtirok etib, “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderi berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Uchrashuvda talabalar kun tartibidagi mavzuga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Xorazm viloyati.
