Yakkasaroy tumani 3-sektor hududidagi “Yunus Rajabiy” mahalla guzarida xotin-qizlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamsiyev, tuman IIOFMB boshligʻi, podpolkovnik Alisher Murodov va boshqa idora masʼullari hamda “Ayollar daftari” hamda “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda tuman hokimi xotin-qizlar bilan suhbatlashib, ularning murojaatlari yuzasidan xotin-qizlar faollariga, hokim yordamchilariga oʻrganib chiqish yuzasidan topshiriqlar berib oʻtdi. Shuningdek, 8 nafar xotin-qizga oʻzini oʻzi band qilish maqsadida tikuv mashinasi va overlok topshirildi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
