Fargʻona viloyati IIB tashabbusi bilan “Yangi Oʻzbekiston psixologlari” shiori ostida seminar-trening tashkil etildi. Unda ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan psixologlar, inspektor-psixologlar, shuningdek, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan psixologlar ishtirok etdi.

Seminar davomida dolzarb mavzular oʻrtaga tashlandi. Yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda psixologlarning rolini oshirishga eʼtibor qaratildi. Interaktiv usullar yordamida mehnat jamoasining fikrini oʻrganish, yosh avlodni mustaqil fikrlash koʻnikmasini oshirish borasida zamonaviy usullardan foydalanish yuzasidan mashgʻulotlar olib borildi.

Seminar yakunida Fargʻona davlat universiteti hamda Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Unda universitetning salohiyatli, yetuk mutaxassislari koʻmagida ichki ishlar organlarida psixologik xizmatni rivojlantirish koʻzda tutilgan.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.