Mustaqilligimizning 30 yilligi tantanalari Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari uchun qoʻshaloq bayram boʻldi.
Qarshi shahridagi “Nasaf” oʻyingohida biriktirilgan hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olib, jamoat xavfsizligini munosib taʼminlab kelayotgan profilaktika xizmati, PPX va JTSB PPX batalʼoni hamda TVBSO xodimlariga xizmatda foydalanish uchun “Ravon-3”, “Niva”, “Damas” avtomobillari, “Isuzi” avtobusi va boshqa maxsus xizmat avtomashinalari topshirildi.
Xizmat avtomashinalari viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosarlari – polkovnik A.Allanazarov, podpolkovnik U.Yaxshiev va viloyat IIB PPX va JTSB boshligʻi, podpolkovnik A.Yusupov tantanali ravishda topshirdi.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
