Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi matbuot anjumani hamda viloyat IIB huzuridagi Jamoatchilik kengashining yarim yillik hisobot yigʻilishi oʻtkazildi. Matbuot anjumanida viloyat IIB boshligʻi, polkovnik M.Miralimov tizimda amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlar, sohani “Xalq manfaatlariga xizmat qiladigan ijtimoiy yoʻnaltirilgan professional tuzilmaga aylantirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritdi.
Shundan soʻng, viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi, podpolkovnik U.Utayev tomonidan korruptsiyani oldini olishga qaratilgan yangi loyiha taqdimoti ham oʻtkazildi.
Matbuot anjumani soʻngida OAV vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga boshqarma boshligʻi va tegishli sohaviy xizmat masʼullari tomonidan batafsil javoblar berildi.
M.AHADOV,
“Postda” muxbiri.
Buxoro viloyati.
