Sherobod tumani IIB probatsiya guruhi hamda tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi xodimlari tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida 2 nafar nazorat ostidagi shaxs ish bilan taʼminlandi. 2 nafar nazoratda turgan yoshga Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi qoshida tashkil etilgan kasb-hunarga oʻqitish markaziga oʻqish uchun yoʻllanma berildi.

Feruza RAHMONQULOVA,

“Postda” muxbiri.

Surxondaryo viloyati.