Yurtimizda bayramlar arafasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish yaxshi anʼanaga aylangan. Jumladan, Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasida xodimlar, ishchi-xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun ana shunday savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Savdo yarmarkasida hududiy taʼminot korxonalari hamda dehqon va fermer xoʻjaliklari tomonidan goʻsht, tuxum, baliq, oʻsimlik va paxta yogʻi, un, hoʻl va quruq mevalar, shirinliklar kabi mahsulotlari qulay narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratildi.

Bayram arafasida bu kabi yarmarkalarning oʻtkazilishi ichki ishlar organlari xodimlari va ishchi-xizmatchilarining vaqti tejalishiga, ularning oila aʼzolari bayramni toʻkin dasturxon ila yaxshi kayfiyatda qarshi olishlariga koʻmak beradi.

Arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi bugun, 26 dekabr kuni ham boʻlib oʻtadi.

Boris KLEYMAN,

oʻz muxbirimiz.

Andijon viloyati.