Jizzaxlik ichki ishlar organlari xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Zafarobod tumanining “Samarqand” mahallasidagi 2 gektar joyni boqqa aylantirishga qaratilgan xayrli tadbirga oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar. Soha vakillari ishtirokida oʻtkazilgan hasharda 2000 ta mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Xuddi shunday, Sharof Rashidov tumanining Oqtosh ota mahallasi hududidagi adirlikka ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 600 tup koʻchat ekildi. Maʼlumot oʻrnida aytish kerak, “Samarqand” mahallasida “Obod mahalla” dasturi amalga oshirilyapti, Oqtosh otada esa “Yangi Oʻzbekiston” massivi barpo etilmoqda.

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.  

Jizzax viloyati.