Qingʻirlikni qilib bekinishga urunish jinoyatchilar uchun odatiy hol. Lekin ichki ishlar organlari xodimlarining izlanishlari bunday shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlash imkonini bermoqda.
Sirdaryo viloyat IIB JQB hamda Sayxunobod tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda, Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashirinib yurgan Sayxunobod tumani, Oʻzbekiston mahallasida yashovchi fuqaro D.S. Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahar hududida ushlanib, qonun ustuvorligi taʼminlandi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
