Yashnobod tumani IIO FMB probatsiya xizmati xodimlarining saʼy-harakatlari tufayli oʻz xatosini tushunib yetkgan koʻplab fuqarolar normal hayotga qaytib, foydali mehnat bilan shugʻullanishmoqda.
Yaqinda Yashnobod tumani IIO FMBning majlislar zalida sayyor sud oʻtkazilib, sud davomida ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo belgilangan uch nafar sudlanganlar tomonidan jazoni oʻtash qoidalari tizimli ravishda buzilib kelayotgani bilan bogʻliq faktlar koʻrib chiqildi. Natijada ikki nafar hisobda turuvchi shaxslar ozodlikdan mahrum etish muassasalarida jazoni oʻtashga hukm qilindilar, bir nafari uchun esa axloq tuzatish ishlari ozodlikni cheklash jazosiga oʻzgartirildi.
Probatsiya guruhida hisobda turuvchi fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, jazoni oʻtash qoidalarini mensimaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi eslatildi.
