Qashqadaryo viloyati IIB JQB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boʻlimi hamda Prokuratura huzuridagi departamentning Qarshi tuman boʻlimi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda noqonuniy yer sotish bilan bogʻliq holatga chek qoʻyildi.
Qarshi shahrida yashovchi fuqaro N.R. 15 sotix yer maydonini tanishlari orqali hujjatlashtirib berishini aytib, 95 million soʻm evaziga xaridorga sotmoqchi boʻlgan. Ushbu holat boʻyicha oʻtkazilgan tezkor tadbirda u Qarshi tumani “Yangibogʻ” mahallasidagi hech qanday hujjatlari boʻlmagan yer maydonini sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati
