Qashqadaryo viloyatidagi maktablar soni 1225 ta boʻlib, ularning 393 tasi yoʻl yoqasida joylashgan. Avtomobil qatnov yoʻli yoqasida joylashgan maktablar oʻquvchilarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2018-yil 11-iyundagi “Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga jamoatchilik asosida koʻmaklashuvchi “Yoʻl posboni” toʻgʻrisidagi nizomini tasdiqlash haqida”gi 162-sonli buyrugʻiga asosan, viloyat IIB JXX YHXB tomonidan jamoatchilik asosida koʻmaklashuvchi yoʻl posbonlari faoliyati tashkil etildi. Jami 234 nafar koʻngillidan iborat mazkur tarkibiy tuzilma 7 nafar OAV hamda jamoatchilik vakili, 49 nafar fidokor yosh va 178 nafar umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilaridan tashkil topgan. 

Yoʻl posbonlari xizmatda foydalanish uchun “Toʻxta!” belgisi, kamzul (jeket) hamda yoʻl posboni beyjikli ruxsatnomalar bilan taʼminlangan. Ular hozirda belgilangan hududlardagi umumtaʼlim maktablari oldida, piyodalar oʻtish yoʻlaklarida yoʻlovchi piyodalar bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining oldini olishda fidoyilik bilan xizmat qilmoqda. 

Yaqinda viloyat IIB JXX YHXB va boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat hayʼat tomonidan jamoatchilik vakillaridan 80 nafar koʻngilli yoʻl posbonini tanlab olinib, xizmatga jalb etildi. 

Mansur EGAMBERDIEV, 

kapitan.

Qashqadaryo viloyati.