Bolalar umid nihollari, ertangi orzularimiz roʻyobi. Ular oʻz manzillariga sogʻ-omon borib kelgunicha barcha ota-onalarning joni halak boʻlib turadi. "Yoʻlda hushyor boʻl, mashinalardan ehtiyot boʻl" deb tayinlamaydugan ota-ona boʻlmasa kerak. Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan ham bolajonlarning yoʻldagi xavfsizligini taʼminlash borasida koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ular umumtaʼlim maktablarida boʻlishib, bolalarga yoʻl harakati qoidalarini targʻib qilishmoqda. Guliston shahar 26-makktabda boʻlgan ana shunday tadbirda bolajonlar svetafor ishoralari, piyodalar yoʻlakchasidan oʻtish, velosipedda harakatlanish qoidalarini bilib olishdi. 

Oʻz muxbirimiz, 

Sirdaryo viloyati.