Mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi, IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismning Toshkent viloyatidagi Birlashgan dala-oʻquv markazida ham muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun kelgan yosh askarlar tantanali ravishda kutib olindi.
Dastlab ularga xizmatni olib borish jarayonida amal qilinishi lozim boʻlgan qoidalar batafsil tushuntirildi. Soʻng hammasi barcha sharoitlarga ega askarlar yotoqxonasiga joylashtirildi. Keyin yosh askarlar Markaz oshxonasida nonushta qilishdi.
– Ona Vatanim oldidagi yigitlik burchimni bajarish orzuim edi. Bugun ana shu niyatimga erishdim, – deydi Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanidan kelgan Akbar Urishev. – Xizmatni aʼlo darajada oʻtashga vaʼda beraman. Keyingi maqsadim xizmatni shartnoma asosida davom ettirish.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
Kichik serjant Abduhamid OLLAYOROV olgan surat.
