Buxoro viloyati IIB tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar va ularga biriktirilgan boy amaliy tajribaga ega murabbiy xodimlar ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda IIV Akademiyasi masʼul rahbari, podpolkovnik M. Qalandarov va viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik U. Utayevlar ishtirok etib, yosh xodimlarning faoliyatini oʻrganish boʻyicha alohida tartibda tuzilgan anketa soʻrovnomalari asosida monitoring oʻtkazishdi.

        Natijada yosh xodimlarning xizmatga moslashuvchanligi, ruhiy jihatdan bardoshligi, qoʻyilgan topshiriqlarni bekamu-koʻst bajarish qobiliyatlari va faoliyatni yanada yaxshilashga qaratilgan savollar yuzasidan aniq va real javoblar olinishiga erishildi. Yakuniy xulosalar kelgusida kursantlarning oʻquv jarayoni va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda xizmat qiladi.

 

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.