Prezidentimiz tomonidan joriy yil 8 iyunʼ kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida gʻalladan boʻshagan yer maydonlariga takroriy ekin ekish orqali aholi bandligini taʼminlash hamda ularning daromad manbaini oshirish vazifasi qoʻyilgan edi.

Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan Mirzaobod tumanida 90 nafar fuqaroga dehqonchilik uchun yer ajratildi. Jumladan, tuman IIB uchinchi sektor tashabbusi bilan Tinchlik, Nurafshon mahallalarining «temir daftar»da turuvchi yoshlar va ayollarga 50 sotixdan yer ajratib berildi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

“Postda” muxbiri.

 Sirdaryo viloyati.