Yaqinda Toshkentdagi Adju universitetida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan tashkil etilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda Yashnobod tumani IIO FMB boshligʻi podpolkovnik O. Kaimxodjaev, tuman prokurorining oʻrinbosari X. Rahmatullayev, “Islom-ota” masjidi imom-xatibi, dorixonalar vakillari va ushbu universitet talabalari qatnashishdi. Tadbir “Psixotrop vositalar, ekstremizm va ularning yoshlarga taʼsiri” mavzusiga bagʻishlandi. Imom islom dinining yoʻnalishlari haqida soʻzlab, shuningdek esktremistlarning nayranglari haqida ogohlantirdi. Huquqni muhofaza qilish organlari vakillari yoshlar orasidagi jinoyatlar boʻyicha statistik maʼlumotlarni taqdim etishdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yoshlar bilan oʻtkazilayotgan uchrashuvlar huquqbuzarliklarni profilaktika qilish yoʻnalishida ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlmoqda.