Bektemir tumani 290-oʻrta taʼlim maktabida «Profilaktika kuni» munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir tuman IIOFMB HPB XQMB tashabbusi bilan tashkil etilib, unda «Xusayn Bayqaro» MFY mutaxassisi, tuman tibbiyot birlashmasi akusher ginekologi, mahalla «Oqila ayollar» harakati faoli va maktab psixologi qatnashdi. 

Tadbir «Erta tugʻruq», yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlarlikning oldini olishga bagʻishlandi. Shuningdek, «Siz huquqingizni bilasizmi?» mavzusida savol-javob tarzidagi davra suhbati ham boʻlib oʻtdi. 

Sarvar SOBIROV,

 «Postda» muxbiri.