Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari bilan IIV Akademiyasi Maʼmuriy-tashkiliy faoliyat fakulʼtetida “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash” hamda “Tashkiliy-shtab faoliyati” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olayotgan bir guruh kursantlardan tarkib topgan targʻibot guruhi tomonidan “Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik vositalarining tarqatilishiga qarshi kurash” mavzusida huquqiy targʻibot oʻtkazildi.
Unda mamlakatimizda giyohvand moddalar savdosi va isteʼmoliga qarshi keskin choralar koʻrilayotgan boʻlsa-da, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi eng dolzarb muammolardan biri boʻlib qolayotgani, giyohfurushlar yangi usul va nayranglarni qoʻllab, manfur maqsadlarini amalga oshirish yoʻlida hali dunyoqarashi shakllanmagan, oʻzgalar taʼsiriga tushib qolishga moyil yoshlar umriga zomin boʻlayotgani alohida aytildi.
Tadbirda maktab-internat oʻquvchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va berilgan savollarga batafsil javob olishdi.
IIV Akademiyasi Maʼmuriy-tashkiliy faoliyati fakulteti
