Chust tumani madaniyat markazida "Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olishning dolzarb masalalari va kelgusidagi vazifalar" mavzusida tahliliy yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilish avvalida tuman hokimi oʻrinbosari Zuhriddin Boyboyev yoshlar oʻrtasida sodir etilgan jinoyatlarga alohida toʻxtaldi. Shundan soʻng, Namangan viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Farhodjon Xolmatov bu borada ishchi guruhlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tushuntirish berib oʻtdi. 

Tadbirda mavjud tahliliy materiallar asosida jinoyatchilikning oldini olish borasida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼullarning axboroti ham eshitildi.

Yigʻilish soʻngida Chust tumani IIB boshligʻi, polkovnik Muhammadjon Dadajonov va tuman prokurori oʻrinbosari Sherzodbek Mahmudov kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan masalalarga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,

oʻz muxbirimiz.

Namangan viloyati.