IIV Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi jazoni ijro etish koloniyalari katta yuristkonsultlari 9–24-sentabr kunlari Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida tahsil oldilar.
Malaka oshirish davomida biz – kurs ishtirokchilari qonunchilikdagi oʻzgarishlar bilan tanishib, bilim va malakamizni oshirishga muvaffaq boʻldik. Shuningdek, Adliya vazirligi, X.Sulaymonova nomidagi Republika ekspertiza markazi, Yunusobod tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi hamda iqtisodiy sud prosessida boʻlib, amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etdik. Darslarning yuqori malakaga ega mutaxassis-oʻqituvchilar tomonidan oʻtkazilgani, mashgʻulotlar davomida turli viktorinalar tashkil etilgani esa samaradorlikni taʼminlashga xizmat qildi, deyish mumkin.
Darslar yakunida yakuniy imtihonlar oʻtkazildi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan xodimlarga sertifikatlar berildi.
SH.MELIQOʻZIYEVA,
katta leytenant.
