Xovos tumanida ish bilan band boʻlmagan fuqarolar, IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan vaqtincha ishsiz boʻlgan mahkumlarni ish bilan taʼminlash hamda tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.
Unda 17 ta korxona va tashkilotlar vakant lavozimlar bilan ishtirok etdi. Tadbirda 120 nafar ishsiz fuqaroga ishga joylastirish boʻyicha yoʻllanma berildi. Shuningdek 78 nafar ishsiz fuqaroga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
