Fargʻona viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining tezkor tadbirlari natijasida oʻz uyida “ogʻu” saqlayotgan ikki nafar shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Birinchi holat Oʻzbekiston tumani aniqlangan. Shu yilning 19 yanvar kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Namuna” MFY hududida yashovchi M.S.ning xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Mazkur jarayonda fuqaroning tandir orqasiga maʼlum miqdordagi marixuana giyohvandlik moddasini berkitib qoʻyganligi fosh boʻldi.
23 yanvar kuni Quva tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Qoʻrgʻoncha” MFY hududida yashovchi I.I. ismli shaxsning xonadoni ham xolislar ishtirokida koʻzdan kechiridi. Ushbu fuqaro ham omborxonasida marixuna giyohvandlik moddasini xufyona tarzda saqlab kelayotgan ekan.
Har ikkala holatda ham giyohvandlik moddalari ashyoviy dalil tariqasida olinib, jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
