Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan Guliston shahida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Guliston tumanida yashovchi fuqaro S.A. qoʻlga olindi. 

U giyohvandlik vositasini oʻtkazish maqsadida Guliston shahar, "Bogʻishamol" MFYda J. ismli shaxsga 2 litrllik idishga solingan marixuana giyohvandlik vositasini 7.000.000 soʻmga sotgan vaqtida ushlangan. EKBning xulosasiga koʻra, J. ismli shaxsdan olingan oʻzidan oʻtkir hid taratuvchi oʻsimlik moddasi tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud boʻlib, marixuana deb atalishi va sof ogʻirligi 150 grammga tengligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.