Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Navoiy xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida batalʼonida tibbiyot punktining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Batalonning harbiy xizmatchilariga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish uchun moʻljallangan tibbiyot muassasasining yangi binosi zamonaviy talablar asosida zarur tibbiy anjomlar bilan jihozlangan. Yuqori malakali shifokorlar va hamshiralar faoliyat koʻrsatayotgan tibbiyot punkti bemorlarni ambulator hamda stasionar davolash uchun barcha shart-sharoitlarga ega. Binoda qabulxona, dorixona, muolaja, bogʻlov, fizioterapiya hamda izolyator xonalari bor.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
