Chortoq tuman madaniyat markazida ana shu shior ostida oʻtgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi, tibbiy koʻrik, psixologlar maslahati, musiqiy koʻngilochar dastur, davra suhbati ishtirokchilar uchun foydali boʻlgani, shubhasiz.

Tuman hokimligining oila va xotin-qizlar boʻlimi, prokuratura, ichki ishlar, madaniyat, Kambagʻalikni qisqartirish va bandlik boʻlimi, tibbiyot birlashmasi, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamkorligida oʻtkazilgan ushbu tadbirlar xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni taʼminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, turmush sharoitlari va salomatliklarini yaxshilash, ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi. Unda 87 nafar ayol tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, 42 nafariga ishga joylashish uchun yoʻllanma berildi, 11 nafarining bandligi taʼminlandi.

Gulchehra BUVAMIRZAEVA, 

oʻz muxbirimiz, 

Namangan viloyati.